«bojxona posti» tegli maqolalar

3 sentabr 2025, 11:38 Iqtisodiyot

Dovut ota posti orqali harakatlanish bo‘yicha kiritilgan cheklovlar yil oxirigacha uzaytirildi

Ushbu punkt fuqarolar, avtomobillar, avtobuslar hamda vazni 3,5 tonnagacha bo‘lgan yuk avtomobillari harakati uchun 31-dekabrgacha yopiladi.
18 avgust 2025, 10:22 Iqtisodiyot

Farg‘onada bojxona posti boshlig‘i $5 ming pora bilan ushlandi

Mansabdor shaxs 80 dona iPhone 16 ni postdan noqonuniy o‘tkazib berish evaziga $5 ming va 1 dona iPhone 16 Pro talab qilgan. Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
14 avgust 2025, 12:46 Transport

So‘xdagi Tul chegara nazorat-o‘tkazish punkti vaqtincha yopildi

Endilikda fuqarolar va transport vositalari haydovchilari Lenburg chegara posti orqali harakatlanishlari mumkin.
17 iyun 2025, 20:26 Iqtisodiyot

18-iyundan Shohimardon va So‘xga boruvchi postlar uzluksiz rejimga o‘tadi

Farg‘ona tumanidagi Shohimardon qishlog‘i hamda So‘x tumaniga borishda fuqarolar Oq qiya, Chashma hamda Vodil-Qadamjoy bojxona postlari orqali 24 soat davomida harakatlanishlari mumkin.
16 iyun 2025, 09:32 Iqtisodiyot

Dovut ota chegara posti rekonstruksiyasining ikkinchi bosqichi boshlandi

Qurilish bo‘yicha mas’ullarga birinchi bosqich doirasida aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish topshirig‘i berildi.
4 iyun 2025, 20:50 Iqtisodiyot

O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan chegarasida tirbandlik to‘liq bartaraf etildi — Bojxona qo‘mitasi

Navoiy bojxona postining chiqish yo‘nalishida yengil avtomobillar harakati kamligi sababli O‘zbekistonga kirishdagi harakat shu yo‘nalish orqali yo‘lga qo‘yildi.
4 iyun 2025, 15:53 Iqtisodiyot

Qozog‘iston bilan chegarada yuzlab avtomobillar to‘planib qoldi. Bojxona qo‘mitasi buni yaqinlashayotgan bayram bilan izohladi

Tomonlar Navoiy chegara postining o‘tkazuvchanligini oshirish masalasini o‘rganmoqda. Qo‘mita fuqarolardan muqobil bojxona postlari orqali harakatlanishni so‘ramoqda.
2 iyun 2025, 09:36 Iqtisodiyot

Qozog‘iston bilan chegaradagi Sirdaryo bojxona posti fuqarolar va avtomobillar uchun ochilishi mumkin

Hozir G‘ishtko‘prik chegara bojxona postida pardozlash va obodonlashtirish, Qozog‘istondagi Jibek joli postida esa qurilish ishlari olib borilmoqda.
23 may 2025, 16:47 Iqtisodiyot

O‘zbekiston va Qozog‘iston to‘rtta chegara postida yangi yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi

Bu O‘zbekistondagi uchta — Yallama, Najimov hamda Sirdaryo chegara bojxona postlaridagi yuklama va tirbandliklarni kamaytiradi.
25 fevral 2025, 09:22 Iqtisodiyot

Yirik bojxona postlarida avtomobil hamda avtobuslar uchun “qizil” va “yashil” yo‘laklar joriy etiladi

Xalqaro avtobuslarda ham, aviareyslardagi kabi yo‘lovchilar haqidagi ma’lumotlarni oldindan olish tizimini ishga tushirish rejalashtirilmoqda.
21 dekabr 2024, 14:59 Iqtisodiyot

“JSTga a’zo bo‘lish jarayonlari yakuniy bosqichga o‘tmoqda” — prezident

Davlat rahbari bu jarayonda imtiyozlar bekor qilinishi bilan birga, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun sharoit yaratilishini qayd etdi.
12 sentabr 2024, 15:11 Biznes

Namanganda ham O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara posti ochildi

Nazorat-o‘tkazish punkti orqali bir kunda o‘rtacha 10 ming nafar fuqaro, 500tadan ortiq yuk hamda 300dan ortiq yengil avtotransport vositalari harakatlanishi kutilmoqda.
12 sentabr 2024, 11:41 Biznes

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida ikkita bojxona posti ochildi

Andijon viloyatida joylashgan Qorasuv posti 2010-yildan buyon faoliyat ko‘rsatmayotgandi.
Будьте в курсе новостей!
Spotda ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting